Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Mudofaa vazirligi tomonidan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, qo‘shinlarning jangovor qudratini nafaqat O‘zbekiston, balki, xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, shuningdek, ulkan yutuqlarga erishishda harbiy xizmatchilarning ma’naviy salohiyati, ularning o‘z xizmat vazifasini vatanparvarlik ruhida davom ettirishlarida bo‘linmalardagi sog‘lom va ahloqiy-ruhiy muhit muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda kadrlar organlari mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlar o‘z samarasini bermoqda. Sohada olib borilayotgan islohotlarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uninig tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh mutaxassislar Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan rag‘batlantirildi.