“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘quvchi yoshlar uchun ochiq darslar tashkil etildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘quvchi yoshlar uchun ochiq darslar tashkil etildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘quvchi yoshlar uchun ochiq darslar tashkil etildi
Poytaxtimizning Olmazor tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida yoshlarni har tomonlama komil inson bo‘lib shakllanishlari uchun tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘quvchi yoshlar uchun sayyor darslar tashkil etildi. Unda jami mingga yaqin bolajonlar ishtirok etdi.

— So'ngi yillarda Xalq ta'limi tizmida katta o'zgarishlar bo'layotganli va prezidentimiz tomonidan yurtimizda yoshlarga juda katta e'tibor berilishi yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Shu kunlarda respublikamiz bo'ylab yoshlar oyligi o'tkazilayotganligidan xabaringiz bor. Bugun "Ajdodlar tarixiga nazar" loyihasi asosida "G'alaba bog'i" yodgorlik mjmuasi va uning tarkibidagi "Shon-sharaf" davlat muzeyida o'quvchi yoshlar uchun ochiq darslar tashkil qilinib, bog' va muzeyga sayohat uyishtirildi. O'quvchilar  yoshlar Ikkinchi jahon urushida o'zbek xalqining fron ortida ko'rsatgan jasorat va qahramonliklari haqida ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Bu kabi ochiq darslar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shu o‘rinda bizga qulay sharoit yaratib bergan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz, —  deydi Olmazor tumani Xalq ta'lim bo'limi "Ijtimoiy fanlar metadesti" Saidova Mahliyo.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing