Jumladan, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondlar boʻlimi mudiri Qurolli kuchlar xizmatchisi Xolboyeva Zebo Suvanovna 2021-yil 25 – 28-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida “Askar taqdiri: arxiv tadqiqotlari nazariyasi va amaliyoti” (Судьба солдата: теория и практика архивных иследований) mavzusida boʻlib oʻtgan Xalqaro konferensiyada ishtiroki etib, “Gʻalaba bog‘i” hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida atroflicha ma’lumot berdi. Shu bilan birga, kelgusida ikkinchi jahon urushi tarixi bilan bog‘liq masalalarda hamkorlikni yanda mustahkamlash, Ikkinchi jahon urushida bedarak yo‘qolgan yurtdoshlarimizni qidirib topish hamda ularninig yaqinlariga yetkazish borasidagi ishlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
– Xalqaro tajriba almashish hamda o‘z ish faoliyatimiz samaradorligini oshirishda sharoit va imkoniyat yaratib berayotgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Bu kabi amaliy ishlarning zamirida faqat ezgu maqsadlar, ya’ni tinchlik uchun jonini tikkan yurtdoshlarimizni qidirib topish, ularning ona vatanga bo‘lgan sadoqati va matonatini yosh avlodga singdirish orqali ularni vatanparlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, mustaqil O‘zbekistonimiz tinchligini yanada mustahkamlashda o‘z hissamizni qo‘shishidir,–deydi “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondlar boʻlimi mudiri Qurolli kuchlar xizmatchisi Zebo Xolboyeva.