Dastavval, mehmonlar majmua hududidagi matonatli o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirova va uning kelinlari sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib ta'zim bajo keltirishdi. Shundan so‘ng, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi Ikkinchi jahon urushi yillarida ona vatan tinchligini himoya qilish yo‘lida O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan yuksak insonparvarligi, matonati sadoqatini o‘zida aks etgan nodir eksponatlarni ko‘zdan kechirib, ushbu maskan faoliyatiga yuksak baho berib, bu yerdan olgan taassurotlarini faxriy mehmonlarninig dil izhorlarini bitish kitobiga esdalik sifatida yozib qoldirishdi.