“Shon-sharf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar O‘zbekistonda Mudofaa salohiyatini oshirish, xalq bilan armiya birdamligini mustahkamlash yo‘lida salmoqli ishlar olib borilayotgani, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib, vatan sharafini himoya qilgan fidoiy insonlar xotirasini abadiylashtirish yo‘lida barpo etilgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga yuqori baho berib, o‘z fikr va mulohazalirini bildirishdi.
– O’zbek halqi azaldan o’z tarixini e’zoz qilgan buyuk elatlardandir. Ushbu maskanni kuzatar ekanman juda ta’sirlandim va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Sababi, ushbu maskan Ikkinchi jahon urushi davrida jon berib jon olgan mard va jasur insonlarning porloq xotirasini abadiylashtirish orqali yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda juda katta ahamiyat kasb etadi, bu esa mustahkam kelejakni bunyod etishdagi muhim qadamdir,– deydi Armaniston Qurolli Kuchlar metrologiya hizmati boshlig’i polkovnik Georgiy Ashotovich.