Yurtimizda 11-noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” sifatida keng nishonlanmoqda. Shuningdek, xalqimiz farovonligiga, kasaba uyushmalari harakati rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan eng faol, fidoiy va tashabbuskor insonlar mehnatini eʼtirof etishga bagʻishlangan tanatanli tadbirlari boʻlib oʻtdi. Unda ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy adolat tamoyillarini amaliyotga keng tatbiq etish hamda hodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish ishlariga munosib hissa qoʻshayotgan, shu jumladan, kasaba uyushmalari tizimida koʻp yillardan beri mehnat qilayotgan hodimlar, tarmoq kasaba uyushmalari va hududiy kengashlarning ilgʻor ish tajribasiga ega boʻlgan mutasaddilari, hamkor tashkilotlar vakillari va kasaba uyushmalari faxriylari mehnati eʼtirof etilib, ularga yangi taʼsis etilgan “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik koʻkrak nishoni topshirildi.
Darxaqiqat, shu oʻrinda taʼkidlash joizki, yurtimizda Kasaba uyushmalari Federatsiyasining ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, hodimlarning mehnat huquqlarini samarali himoya qilish, mehnat sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirishdagi ishtiroki sezilarli darajada oshdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.