Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik nima va nima uchun kerak? Ushbu ko‘rikni amalga oshirishda avvalo kasallikni aniqlash va aniqlangan kasallikni chuqurroq o‘rganib, davo muolajalarini amalga oshirish orqali kasallikni bartaraf etishdir. Bu esa, harbiy xizmatchilarninig sog‘lig‘ini nazorat qilish, ularni sog‘lom va ruhan tetik bo‘lishlarida muhim omil hisoblanadi. Bugungi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikni nevropotolog, xirurg, dermatolog, akulist, lor kabi shifokorlar amalga oshirmoqda. Agarda kasallik aniqlangan taqdirda ambulator davolash ishlar amalga oshiriladi. Kasallik chuqurlashgan taqdirda, stasionar davolash ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Biz vatanimiz posbonlari hisoblanmish harbiy xizmatchilarninig sog‘lig’ini mustahkamlashda o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz, deydi – Markaziy poliklinika tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosari, tibbiy xizmat podpolkovnigi Dilnoza Ubaydullayeva.