2020 yil noyabr oyida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 8-qurultoyida Mustaqil O‘zbekiston tarixida Davlat rahbari tomonidan kasaba uyushmalari Qurultoyi qatnashchilariga ilk marotaba yo‘llangan tabrigida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi ulkan o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib Respublikamizda 11 noyabr sanasini “Kasaba uyushmalari kuni” deb belgilash hamda soha uchun zamonaviy bilim va malakaga ega bo‘lgan, ijtimoiy munosabatlar nazariyasi va amaliyotini, bu boradagi xalqaro tajribani puxta biladigan yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida kasaba uyushmalari Akademiyasini tashkil etish takliflari bildirildi. Kasaba uyushmalari hodimlariga qaratilayotgan bunday e’tibor soha vakillarini yanada shijoat bilan faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar eshigini ochmoqda,–deydi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash hodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Farhod Xanapiyayev.
Ushbu sana munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga Respublikamizninig barcha viloyatlari hamda qator qo‘shni davlatlarning kasaba uyushmalari hodimlarining tashrifi davom etmoqda.