Bizning maqsadimiz Ikkinchi jahon urushi davrida tinchlikni taʼminlash yoʻlida qahramonlik koʻrsatgan fidoiy insonlarning boshidan kechirgan ayanchli kunlari, Vatan uchun kerak boʻlsa jonidan kechishga tayyor boʻlib, har qanday ogʻir sinovlar boʻlishiga qaramay ortga chekinmasdan sabr va matonat bilan kurashgan urush qatnashchilarining xayotini yoritish orqali yoshlarga ularni ibrat qilib koʻrsatishdan iboratdir. Biz jamoamiz nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Mudofaa vazirligi hamda “Gʻalaba bogʻi” majmuasi rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Shu bilan birga, bugun sal kam 100 yoshni qoralayotgan Oʻzbekistonlik urush faxriylarining bizninig loyihamizda ishtirok etayotganligi oʻzbek xalqininig naqadar insonparvar va mehmondoʻst ekanligidan dalolatdir deydi, – loyiha ijrochi prodyusseri Petrova Yulya Viktorovna.