Qoraqalpog‘iston hamda Navoiylik faxriylar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga yuqori baho berdi
Qoraqalpog‘iston hamda Navoiylik faxriylar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga yuqori baho berdi
Qoraqalpog‘iston hamda Navoiylik faxriylar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga yuqori baho berdi
Yurtimizda keksalarni e’zozlash va ularga har tomonlama hurmat ehtirom ko‘rsatish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini bermoqda.

          Bugun mamlakatimizda keksa avlod vakillari bunday e’tibor va ehtiromdan ruhan o‘zlarini tetik his qilayotganliklari, shuningdek, yosh avlodni yanada vatanga munosib farzandlar bo‘lib kamol topishlarida o‘zlarining hissasini qo‘shishga doim tayyor ekanliklarini ta’kidlashmoqda. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi bugungi kunda barcha avlod vakillarining sevimli dargohiga aylandi. Majmuaga Navoiy hamda Qoraqalpog‘istondan tashrif buyurgan turli millat vakillariga mansub bo‘lgan bir guruh faxriylar hamda faollar ushbu maskan faoliyatiga yuqori baho berishdi. Ota bobolarimizninig vatan oldidagi burchini sidqidildan ado etib, Ikkinchi jahon urushi davrida tinchlikni ta’minlash yo‘lida ko‘rsatgan jasorati hamda qahramonligini o‘zida namoyon etgan eksponatlarni ko‘zdan kechirib, ushbu Majmua yurtimiz fuqarolari, ayniqsa yoshlar uchun ibrat maktabi vazifasini o‘tayotganligini e’tirof etishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing