Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi davrida Ona Vatan tinchligini taʼminlashda sadoqat va sabr toqat bilan jasorat koʻrsatgan yurtdoshlarimizning bosib oʻtgan xayot yoʻlini ertamiz egalari boʻlmish yosh avlod qalbiga singdirib, ularni ajdodlarga munosib voris qilib kamol topishlari uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi shu kabi ezgu maqsadlar yoʻlida barpo etilgan boʻlib, bugun ushbu maskan yurtimizga tashrif buyurgan Xorijlik mehmonlarninig ham eʼtiborini tortmoqda. Birgina oktyabr oyininig oʻzida Fransiya, Gollandiya, Braziliya, Avstriya, Indoneziya, Pokiston, Eron, Hindiston, Rossiya federatsiyasi, Ukraina, Turkiya, Tojikiston, Qirgʻiziston kabi qator davlatlardan delegatsiyalar tashrif buyurdi. Mazkur Maskan faoliyatiga yuqori baho bergan mehmonlar oʻzlarining olgan taasurotlarini yozib qoldirishdi. Majmua tarkibidagi “Shon sharaf” davlat muzeyidan oʻrin olgan Ota-bobolarimizninig jang maydonlarida koʻrsatgan qahramonligini oʻzida aks etgan eksponatlar va ularninig tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlar bilan tanishgan mehmonlar Oʻzbekiston xalqininig naqadar xalqparvar va sahovat egasi ekanini taʼkidladilar.