XORIJLIK JURNALISTLAR “GʻALABA BOGʻI” MAJMUASIDA BOʻLISHDI
XORIJLIK JURNALISTLAR “GʻALABA BOGʻI” MAJMUASIDA BOʻLISHDI
XORIJLIK JURNALISTLAR “GʻALABA BOGʻI” MAJMUASIDA BOʻLISHDI
Yurtimizda 2021-yil 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuniga jiddiy tayyorgarlik koʻrilmoqda.

       Markaziy saylov komissiyasining joriy yilning iyul oyida ish boshlagan Matbuot markazida tajribali jurnalistlar, huquqshunoslar, tarjimonlar, ekspertlar hamda boshqa mutaxassislardan iborat ixtisoslashtirilgan guruhlar faoliyat olib bormoqda. Ushbu markaz saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlashga faol xissa qoʻshmoqda. Shu kunga qadar yuzga yaqin milliy ommaviy axborot vositasi, jumladan, teleradio kanallar, bosma va internet nashrlarning mingga yaqin vakili roʻyxatga olingan boʻlsa, oʻttizga yaqin xorijiy ommaviy axborot vositalaridan ham bir guruh jurnalistlar akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Yurtimizda mehmon boʻlib turgan Rossiya federatsiyasi jurnalistlari poytaxtimizninig diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi. Ayniqsa, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi ularda katta taassurot uygʻotdi.

 - Biz bilamizki, oʻzbek xalqi juda mehmondoʻst va oliyjanob xalq. Mamlakatingizga kelganimizga oz vaqt boʻlgan boʻlsada, bu yerdagi tarixiy qadamjolarni koʻzdan kechirib, juda koʻp maʼlumotlarga ega boʻldik. Ayniqsa, yurtingizda “Gʻalaba bogʻi” ni tashkil etilganligi, yana bir bor Oʻzbek xalqi oʻzining naqadar boy oʻtmishi va keksalarini qadrlashi, mamlakatingiz rahbarining xalqparvar ekanidan dalolat beradi, – deydi Rossiyaning “RIA novosti” agentligi jurnalisti Dmitriy Vinogradov.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing