Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan ushbu tadbirda Oʻzbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi aʼzolari hamda faxriylar ishtirok etdi. Uchrashuvda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr va mulohazalar bildirildi. Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston xalqininig vatan tinchligini asrash yoʻlida koʻrsatgan qahramonligi va sadoqati, shuningdek, bugungi tinch va osoyishta, dorilomon kunlarimizga yoshlar qalbida shukronalik tuygʻularini yanada mustahkamlash borasida amaldagi ishlar atroflicha muhokama qilindi.