Vatan oʻz mardlarini aslo unutmaydi
Vatan oʻz mardlarini aslo unutmaydi
Vatan oʻz mardlarini aslo unutmaydi
Afgʻon urushida halok boʻlgan yurtdoshlarimizni yod etish insoniylik burchimizdir.

        Bugungi kunda ular xaqidagi maʼlumotlar Xotira kitoblariga yozilmoqda. “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi Afgʻoniston hamda boshqa chegaralangan hududlardagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan, Oʻzbekiston jangchi-faxriylari, va halok boʻlgan jangchilarninig oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan himoyalash boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, poytaxtimizdagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida tashkil etilgan tadbir ham aynan ana shunday ezga maqsadlarga qaratildi. Rossiya qurolli kuchlari vakillari hamda Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasi mutasaddilari hamkorligida oʻtkazilgan ushbu tadbir Sirdaryo, Toshkent viloyati hamda Poytaxtimizda istiqomat qilayotgan Afgʻon jangchilari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Dastlab, tadbir ishtirokchilari Majmua hududidan oʻrin olgan ikkinchi jahon urushi davrida besh nafar oʻgʻlidan judo boʻlgan Zulfiya Zokirova haykali poyiga gulchambar qoʻyishdi. Shundan soʻng, “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi. Tadbir soʻngida “Bir piyola choy” ustida muloqot davom etdi. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Rossiya Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston hukumati oʻrtasidagi bitimga koʻra, jangchi-faxriylar va halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oilalariga bir martalik moddiy yordam koʻrsatilmoqda. Jangchi-faxriylarni qoʻllab-quvvatlash dasturi boʻyicha amalga oshirilayotgan mazkur tadbir respublikamizninig boshqa viloyatlarida ham davom etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing