- Yurtingizda olib borilayotgan islohatlar ertangi kun uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilishi shubhasiz. Chunki, oʻtmishini ulugʻlagan yurt hech qachon kam boʻlmaydi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi davrida millatlar ozodligi va tinchligi uchun jonini fido qilgan mard va jasur qahramonlar sharafiga bunyod etilgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyati bilan tanishar ekanman, juda taʼsirlandim. Shu asnoda menda ushbu majmua bilan yaqindan hamkorlik qilishimiz lozim ekan degan fikr tugʻildi. Boisi, oʻsha davrda jangchilarning boshidan kechirganlari, shuningdek, ular xaqidagi aniq maʼlumotlar, dalillar asosida joylashtirilganki, bu esa, yoshlarni oʻtmishni chuqurroq oʻrganishi hamda vatanga munosib farzand qanday boʻlishi xaqidagi bilim va koʻnikmalarini oshirishda muhim oʻrin tutadi,–deydi Rossiya federatsiyasi, Madaniyat vazirining oʻrinbosari Yarilova Olga Sergeevna.
Shundan soʻng, mehmonlar ushbu majmuadan olgan taassurotlarini yozib qoldirishdi.