Delegasiya a’zolari Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyida o‘quvchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, Qo‘riqlash xizmatida joriy etilayotgan innovasion texnologiyalar, Qurolli kuchlar akademiyasida joriy etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida berilayotgan harbiy ta’lim jarayonlari bilan tanishdilar. Tashrif davomida Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi bosh qo‘mondoni boshchiligidagi delegasiya uchun poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi. Ayniqsa, poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Majmua hududidagi matonatli o‘zbek ayoli va uning kelinlari sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gul qo‘yib, mo‘tabar ona timsoliga ta'zim bajo keltirishdi. “Gʻalaba bog‘i” huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi ikkinchi jahon urushi davriga oid O‘zbekiston xalqininig jang maydonlarida ko‘rsatgan matonati va jasoratidan so‘zlovchi nodir materiallar va eksponatlar bilan yaqindan tanishib, Buyuk g‘alabani ta’minlashda O‘zbekiston xalqininig xizmati beqiyos ekanligini ta’kidlashdi. Shundan so‘ng, o‘zlarining olgan iliq taassurotlarini yozib qoldirishdi.