Ayniqsa, yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining tashkil etilganligi bu boradagi tizimli ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim oʻrin tutadi. Jumladan, Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Mudofaa vazirligi tarkibida) oʻquvchilarining har tomonlama mukammal bilim egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, ularning maʼnan yetuk boʻlib shakllanishlari uchun turli xil vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda. Ayniqsa, ular uchun yurtimizning turli goʻshalarida joylashgan oʻtmish va bugunni bogʻlovchi qator maskanlarga sayohat uyushtirilayotganligi, ularning yanada ona vatanga boʻlgan mehr – muhabbati va sadoqatini mustahkamlashda oʻz tasirini koʻrsatmoqda. Poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga kelgan mazkur litsey oʻquvchilari ikkinchi jahon urushi davrida ona yurt tinchligini himoya qilib, jasorat koʻrsatgan Oʻzbekiston xalqininig buyuk gʻalabaga qoʻshgan ulkan hissasini oʻzida namoyon etgan eksponat va ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu maskan faoliyati bilan tanishar ekanmiz, bugungi tinch va osoyishta xayotimizni yana bir bor qadriga yetdik,–deya taʼkidlagan ertamiz egalari vatan ostonasi naqadar muqaddas ekanligini bot-bot taʼkidlashdi.