Tadbir avvalida delegatsiya vakillari orkestor sadolari ostida Oʻzbek xalqining matonatli ayoli Zulfiya Zokirova va uning kelinlari sharafiga oʻrnatilgan “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qoʻyishdi. Mazkur maskan faoliyati bilan yaqindan tanishgan delegatsiya aʼzolari Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston xalqininig front va front ortidagi beqiyos jasoratidan soʻzlovchi nodir eksponatlar bilan tanishar ekan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyovning gʻoyasi va tashabbusi ostida bunyod etilgan ushba majmuaga yuqori baho berdi. Shundan soʻng, mehmonlar ushbu maskandan olgan oʻzlarining iliq taassurotlarini yozib qoldirishdi.