XORIJLIK MEHMONLARNINIG TASHRIFI DAVOM ETMOQDA
XORIJLIK MEHMONLARNINIG TASHRIFI DAVOM ETMOQDA
XORIJLIK MEHMONLARNINIG TASHRIFI DAVOM ETMOQDA
Muhtasham “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijlik mehmonlarninig ham qiziqishini uyg‘otayotganligi bilan ahamiyatlidir.

        Jumladan, kuni kecha Buyuk Britaniyaning qurolli kuchlar vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippi boshchiligidagi delegasiya  mazkur majmuaga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab,  matonatli o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirova va uning kelinlari sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yishdi. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishgan delegasiya a’zolari ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston xalqining fidoiyligi va vatanparvarligi, shuningdek, front ortida ko‘rsatgan insonparvarligini o‘zida namoyon etgan eksponat va nodir materiallar bilan tanishar ekan, ajdodlarimizninig naqadar matonat va jasorat egasi ekanliklarini alohida e’tirof etishdi. Shundan so‘ng, majmuaga tashrif buyurgan faxriy mehmonlarning dil izhorlarini bitish kitobiga o‘zlarinig olgan iliq taassurotlarini yozib qoldirishdi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing