Tadbirda soʻzga chiqqanlar keyingi yillarda tor ixtisoslik boʻyicha oliy fuqarolik maʼlumotiga ega boʻlgan oddiy askar va serjantlarni ofitserlik lavozimlariga tayinlash va ularga ofitserlik harbiy unvonini berish holati sezilarli darajada oshganini taʼkidladi. Tor doiradagi mutaxassislik boʻyicha lavozimlarni sohaga oid oliy fuqarolik maʼlumotiga ega boʻlgan oddiy askar va serjantlar hisobidan butlash tartibi tizimlashtirilgani alohida qayd etildi.
Bu esa muayyan yoʻnalishlar boʻyicha lavozimlarni oʻzining munosib mutaxassislari egallashiga xizmat qilmoqda.
— Bugun zimmamdagi masʼuliyat ikki hissa oshdi, — deydi leytenant Rustam Gʻafurov. — Chunki bugundan boshlab harbiy xizmatga ofitser sifatida kirishaman. Vatan himoyachisi ekanman, yurt tinchligi, mamlakatimiz daxlsizligini taʼminlash uchun bor kuch-gʻayratim va bilimimni ayamayman.