Mazkur konferensiyani o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad, mamlakatlar o‘rtasida tinchlik va do‘stlik, ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Ushbu konferensiyada ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurgan xorijlik jumladan, Pokiston, Tojikiston, Qozoqiston kabi bir qator davlatlarning vakillari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo'lib, ushbu maskanga yuqori baho berar ekan, bu kabi majmualar kelajak avlodlar tarbiyasida, shuningdek, ularning vatanga bo‘lgan muhabbati va sadoqatini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar. Shuningdek, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidiga “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi Ikkinchi jahon urushi davrida yurtdoshlarimizning vatan tinchligini asrash yo‘lida ko‘rsatgan matonati, jasorati va bag‘rikengligini ifodalovchi nodir eksponat va ekspozisiyalar bilan yaqindan tanishdi.