1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni yurtimizda munosib nishonlanmoqda
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni yurtimizda munosib nishonlanmoqda
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni yurtimizda munosib nishonlanmoqda
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining Jizzax viloyati mintaqaviy bo‘linmasi tomonidan Jizzax garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirokida poytaxtimizdagi «Gʻalaba bog‘i» yodgorlik majmuasida bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

Harbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olingan bolalar dastlab "Shon-sharaf" davlat muzeyidagi O‘zbekistonning g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini madh etuvchi eksponatlar bilan  yaqindan tanishdi. Tadbir davomida bolajonlar o‘rtasida "Men yangi O‘zbekistonning baxtli farzandiman" mavzusida she’r va qo‘shiqlar viktorinasi o‘tkazildi. Tadbirda Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi ofiserlari, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari ishtirok etib, ushbu sana munosabati bilan barcha bolajonlarni samimiy qutladilar. Barchaga unutilmas onlarni hadya etgan tadbirda Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblining kuy-qo‘shiqlari kechaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan Zulfiya Mo‘minovaning "Bolaga kitob bering" she’ri o‘qib eshittirildi va bolajonlarga kitoblar jamlanmasidan iborat esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing