O‘zbekiston yirik evakuvasiya markaziga aylandi. U yuzga yaqin sanoat korxonalarini qabul qilib oldi ular: Leningrad to‘qimachilik mashinalari zavodi, Rostselmash, Sum kompressor va Dnepropetrovsk karborund “Elektrokabel” zavodlari, Stalingrad ximkombinati, Moskova «Pod’yemnik», «Elektrostanok» zavodlari, V. Chkalov nomidagi aviasiya zavodi va boshqalar. 1941 yili Toshkengtda 137 korxona ishlagan bo‘lsa, ulardan 64 tasi harbiy mahsulot ishlab chiqargan. O‘zbek sanoati frontga 2100 dona samolyot, 17 342 dona aviamotor, 17 100 dona minomyot, 22 mln dona minalar, 560 ming dona snaryadlar, 2 mln donadan ko‘proq aviabombalar, 1 millionga yaqin granatalar, 330 000 dona parashyutlar, 5 dona bronepoyezd, 18 dona harbiy-sanitar poyezdlarni va boshqalarni yetkazib berdi. O‘zbekiston 1,5 miliondan ortiq evakuvasiya qilingan odamlarni ochlik va o‘limdan saqlab qoldi. Ulardan 250 mingdan ko‘prog‘i qamaldagi Leningrad, Belorussiya, Polsha va Ukrainadan keltirilgan yetim bolalar edi.