HECH KIM, HECH NARSA VA HECH QACHON UNUTILMAYDI!
HECH KIM, HECH NARSA VA HECH QACHON UNUTILMAYDI!
HECH KIM, HECH NARSA VA HECH QACHON UNUTILMAYDI!
Joriy yilning 28 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Mudofaa vazirligi faxriylar ishlari buyicha Markaziy kengash, Sharqiy harbiy okrug faxriylar kengashi va Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan II jahon urushi qatnashchisi, bedarak yo‘qolgan oddiy askar Dadabayev Abdullajonning xotirasini abadiylashtirish uchun katta tadbir o‘tkazildi.

        Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani farzandi, II jahon urushida bedarak yo‘qolgan mard o‘g‘lon oddiy askar Dadabayev Abdullajonning muborak nomi va xotirasi yurtimizga qaytdi. Oradan 84 yil o‘tib Belorussiyalik iztoparlar tomonidan topilib, u ona yurti Davlatbotir qishlog‘i bag‘rida harbiy an’analarni bajo keltirib, yuksak ehtirom bilan dafn etildi.
        Bu marosim – tarixiy adolatning tiklanishi, ajdodlarimiz jasoratining yorqin timsoli bo‘ldi. O‘rnashib qolgan “Hech kim, hech narsa va hech qachon unutilmaydi!” degan shior bugun yanada chuqur ma’no kasb etdi.
        Marosimda Mudofaa vazirligi vakillari, faxriylar ishlari buyicha Markaziy kengash vakillari, Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, Sharqiy harbiy okrug faxriy pensionerlari,  davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalliy aholi, yoshlar ishtirok etishdi. Ular qahramon askarning xotirasiga ehtirom bildirishdi.
        Uning jasorati va fidokorligi Vatanga sadoqat ramzi sifatida kelajak avlodlar uchun ibrat bo‘lib qoladi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing