“Bilimlar bellashuvi” musobaqasi vatanparvarlik ruhida o‘tkazildi
“Bilimlar bellashuvi” musobaqasi vatanparvarlik ruhida o‘tkazildi
“Bilimlar bellashuvi” musobaqasi vatanparvarlik ruhida o‘tkazildi
Ma’lumki, yurtimizda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda vatanga bo‘lgan muhabbatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

        Bunda esa, poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maskanda yoshlar nafaqat ota-bobolarimizning ko‘rsatgan jasorati bilan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda, qolaversa, turli xil vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, bellashuvlar hamda ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib kelmoqdalar.
        Kuni kecha majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida “Bilimlar bellashuvi” nomli mental arifmetika, matematika hamda ingliz tili fanlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi “Saidahmad akademiyasi” o‘quvchilari ishtirok etgan ushbu belleshuv bolajonlarga unutilmas xotiralar va quvonchli lahzalarni hadya etdi. Yoshlar o‘zaro bellashib, bilim va ko‘nikmalarini yanada kuchaytirishga muvofiq bo‘lishdi.
        Faxrli o‘rinni egallagan o‘quvchilarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Musobaqadan so‘ng, bolajonlar majmua hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat qilishdi.
        Aytish joizki, bu kabi tadbirlarning aynan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘tkazib kelinayotgani, ertamiz egalarini ham ruhan ham ma’nan yetuk insonlar bo‘lib kamol topishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing