“O‘zbekiston xalqining ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi” mavzusida bo‘lib o‘tgan vatanparvarlik tadbirida Ikkinchi jahon urushi yillarida vatan tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida jasorat ko‘rsatgan yurtdoshlarimizga tegishli turli xil buyumlar, orden va medallar, eksponatlar namoyish etildi. Shuningdek yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.
Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Ikkinchi jahon urushi davrida yurtdoshlarimizning ko‘rsatgan qahramonligi, fidoiyligi va insonparvarligi bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha savol-javob viktorinasi tashkil etildi. Viktorinada faol ishtirok etgan o‘quvchilarga faxriy yorliqlar taqdim etildi.
Tadbir yakunida maktab ma’muriyati tomonidan faol ishtirok uchun minnatdorchilik yorlig‘i tantanali ravishda taqdim etildi.