“Shon-sharaf” davlat muzeyida yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
“Shon-sharaf” davlat muzeyida yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
“Shon-sharaf” davlat muzeyida yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Kitob ma’naviyatning yo‘lboshchisidir. Qadim-qadimdan buyuk insonlar kitobdan olgan bilimlari tufayli buyuk ishlarni qilishga qodir bo‘lishgan.

        So‘nggi yillarda yurtimizda kitoblarga bo‘lgan e’tibor o‘z aksini amaldagi ishlar natijasida ko‘rsatmoqda. Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tayotgan kitoblar taqdimoti an’anaga aylangan bo‘lib, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning ezgu maqsadlari yo‘lida xizmat qilmoqda. Kuni kecha majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida muallif  Abduvoxidov Husan Abduqulovich  tomonidan yozilgan“Vatanparvarlik – yuksak saodat” hamda “Qurolsozlar qiroli” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda majmua xodimlari va talabalar  ishtirok etdi.
        – Vatanparvarlik va yuksak jasorat namunalarini ochib beruvchi ushbu kitoblar ertamiz egalarini harbiy vatanparvarlikka chorlaydi. Ushbu kitob taqdimotini tarix va bugunni bog‘lab turuvchi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘tkazilishining sababi ham  aynan ota-bobolarimizdan me’ros bo‘lib qolgan insonparvarlik va vatanga sadoqat kabi qadriyatlarga hamohanglikni bog‘lash edi, – deydi  Husan Abduqulovich.
        Darhaqiqat, vatan muqaddasligi va uning qadr-qiymatini nechog‘lik ulug‘ligini ochib beruvchi bu kabi kitoblar albatta yoshlarni vatanga bo‘lgan mehri va sadoqatini yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing