1-iyun–Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
1-iyun–Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
1-iyun–Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
Yozning ilk kuniga to‘g‘ri keladigan –Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni eng qadimiy xalqaro bayramlardan biri bo‘lib, butun dunyoda 1950 yildan beri nishonlab kelinadi.

        Uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror 1949 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan maxsus sessiyada Xalqaro Demokratik Ayollar Federatsiyasi tomonidan qabul qilindi. Birlashgan millatlar tashkiloti ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bolalar huquqlari, hayoti va salomatligini himoya qilishni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb e’lon qildi.
        Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, eng avvalo, kattalarga bolalarning yashash, fikr va e’tiqod erkinligi, ta’lim olish, hordiq chiqarish va hordiq chiqarish huquqlarini hurmat qilish, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikdan himoya qilish zarurligini eslatib turadi. Yurtimizda bolalarning baxtli va farovon xayot kechirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular bu imkoniyatlardan unumli foydalanishlari uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yozgi ta’til mobaynida ma’naviy dam olishlari uchun turli xil oromgohlar, istirohat bog‘lari va tarixiy qadamjolarga sayohatlar uyushtirilmoqda. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi ham deyarli har kuni bolajonlar bilan gavjum. Ushbu maskanga kelgan har bir yosh avlodning nigohlarida vatan tinchligi naqadar oliy baxt ekani, qolaversa, bugungi tinch va dorilomon kunlarga bo‘lgan shukronalikni anglash mumkin. Bolajonlarga majmua mutaxassislari tomonidan yetarlicha ma’lumotlar berilib, barcha eksponat va ekspozisiyalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatlari yaratildi. 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan majmua hududida turli hil vatanparvarlik tadbirlari tashkil etildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing