Unda mudofaa sanoatini yanada rivojlantirish, sohaga innovatsion va raqamli texnologiyalarni kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar muhokama qilindi, mutaxassislar o‘zaro tadjriba almashdi. Shuningdek, uchrashuvlar davomida mahalliy korxona va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro kelishuv shartnomalari imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, festivalda saralab olingan iqtidorli yoshlar va fuqarolarga kelgusida Mudofaa sanoati korxona va zavodlarida o‘zlarining ishlanmalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishlari va ishga joylashishlari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.