Vatan tinchligini ta’minlashga barchamiz birdek mas’ulmiz
Vatan tinchligini ta’minlashga barchamiz birdek mas’ulmiz
Vatan tinchligini ta’minlashga barchamiz birdek mas’ulmiz

        Yurt tinchligi, naqadar oliy baxt. Tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgan mamlakatda keksalar xotirjam, yoshlar esa baxtiyordir. Ajdodlarimizning asriy orzu-umidlari ham bugungi farovon kunlarni ko‘rish edi. Bugun biz dovyurak, insonparvar va fidoiy ajdodlarimizga munosib davomchi bo‘la oldikmi, ular qoldirgan ibratli yo‘lning manzilini topa oldikmi? Shu kabi savollarga har birimizning qalb shuurimizda aniq va sof javoblar namoyon bo‘lmog‘i kerak. Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar uzoq tariximiz, ota-bobolarimizning qoldirgan ma’naviy me’roslari, ibratli xayot yo‘llarini ertamiz egalariga targ‘ib qilish, ularni xaqiqiy komil va vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda samarali va sermahsul ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina poytaxtimizda bunyod etilgan “Gʻalab bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Millat fidoiylari” xiyoboni yurtdoshlarimiz hamda yoshlarni ajdodlarimizga munosib davomchi bo‘lish, vatan tinchligi oliy saodat ekanini anglagan holda, yurt tinchligini ta’minlashga hissa qo‘shish, xalqparvar va insoniylik kabi ezgu qadriyatlarni chuqurroq anglashga zamin yaratmoqda. Buni majmuaga tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarning nigohlaridan anglash mumkin.

        — Ushbu majmuadagi eksponat va ekspozisiyalarni tomosha qilar ekanman, qalbimda hayajon tug‘ildi va bobokalonlarimizning og‘rig‘iyu azoblarini yuragim bilan his qildim. Chunki Ikkinchi jahon urushi yillarida yurtdoshlarimiz boshidan kechirgan barcha dahshat va qiyinchiliklar bu yerda aniq dalil va isbotlar orqali namoyon qilingan. Bu holat yurakda og‘riq uyg‘otsa-da, bir vaqtning o‘zida ruhimda katta kuch va qat’iyat paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Mamlakatimizda tinchlik uchun jonini fido qilgan qahramon ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz. Biz ham Vatanning sadoqatli farzandlari bo‘lib, uning ravnaqi va osoyishtaligi yo‘lida bilimimiz va kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz, - deydi Ohangaron tumani 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Mamurjonov Timur.

        Ha, vatan muqaddas va azizdir. Uning tinchligi va farovonligini ta’minlashga esa, barchamiz birdek mas’ulmiz.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing