Aynan shunday ezgu maqsadni ko‘zlagan holda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashkil etilgan ekskursiya bolajonlar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Sayohat davomida bolajonlarga o‘tmishdagi hayot sahnalari, okoplar, blindajlar va dala oshxonalari kompozitsiyalari, temir yo‘l vokzali, eski kutubxonalar va tibbiyot punktlari aks ettirilgan noyob hududlari bilan tanishtirildi.
Shundan so‘ng bolalar “Shon-sharaf” davlat muzeyiga yo‘l oldilar. Bu yerda urushning mashaqqatli kunlari hayotiy manekenlar, yasama texnikalar va real eksponatlar orqali jonli ifodada namoyish etildi. Bularning barchasi bolajonlarning qalbida chuqur taassurot va unitilmas xotiralarni qoldirdi.