Bugungi kunda ushbu maskanda tarix va bugungi kun bilan bog‘liq tadbirlar yuksak saviyada o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 5-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida “O‘zbekiston arxivlari: Tarixiy xotiralardan yangi O‘zbekiston sari” mavzusida anjuman hamda “Tarixiy xotira” nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi. Respublikamiz bo‘ylab “Ajdodlar me’rosi-o‘chmas xotira” nomli xaftalik doirasida o‘tkazilgan ushbu anjuman ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda so‘z olgan soha mutahassislari, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlarga aholi hamda ilmiy jamoatchilikning qiziqishi ortib, buning natijasida arxivlarda saqlanayotgan boy tariximiz hamda ma’naviy me’rosimizning o‘rganilmagan hujjatlari o‘rganilib, arxiv hujjatlarini raqamlashtirishda amlga oshirilgan ishlar xaqida batafsil ma’lumotlar berdi. Tadbirda arxiv ishi sohasiga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh soha vakillariga “Soha iftixori” ko‘krak nishoni hamda faxriy yorliqlar topshirildi. Tadbir doirasida “Shon-sharaf ” davlat muzeyida tashkil etilgan “Tarixiy xotira” nomli fotoko‘rgazmada ajdodlarimizning bosib o‘tgan ibratli xayot yo‘llari aks ettirildi.