Barqaror rivojlanish, farovon hayot kafolatidir
Barqaror rivojlanish, farovon hayot kafolatidir
Barqaror rivojlanish, farovon hayot kafolatidir
So‘nggi yillarda yurtimizda sohalar rivojini barqarorlashtirish, korrupsiyaning oldini olish, mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish, farovonlikni ta’minlash, tinchlik, adolat va samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

        Korrupsiya rivojlanish kushandasi ekan, mamlakatimzda bu illatga qarshi kurashish va bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
        Jumladan, Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan har payshanba “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, Mudofaa vazirligiga qarashli «Gʻalaba bog‘i» yodgorlik majmuasida, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, markaziy ashulla va raqs ansanbli jamoasi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi shaxsiy tarkibi ishtirokida korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbir o‘tkazildi. 
        Tadbirda Toshkent harbiy prokurorining yordamchisi Alisher Qurbonov ochiq muloqotlarda jinoyatchilik, jumladan, firibgarlik, pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati bilan bog‘liq jinoyatlar uchun nazarda tutilgan javobgarlik va ularning huquqiy oqibatlari haqida so‘z yuritdi. Suhbatlarda mulohaza yuritilgan mavzular bo‘yicha berilgan savollar yuzasidan hayotiy misollar bilan qonuniy asoslarda huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida mavzu yuzasidan videorolik namoyish etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing