Bilimli yoshlar, ertangi kunning ishonchli egasidir
Bilimli yoshlar, ertangi kunning ishonchli egasidir
Bilimli yoshlar, ertangi kunning ishonchli egasidir
Respublikamizdagi mavjud “Indigo childrn” o‘quv markazining 400 ga yaqin o‘quvchilari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida jam bo‘lishdi. Ushbu maskanga kelgan ertamiz egalari nafaqat, Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston xalqining tinchlikni asrash yo‘lida ko‘rsatgan jasorati bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, balki ular respublika olimpiada bosqichidan o‘tishdi. Olimpiadaning shartlariga ko‘ra o‘quvchilar mental orifmetika, matematika, ingliz va rus tili fanlaridan o‘zaro bellashdilar .

–  Ushbu olimpiadada ishtirok etish uchun bilimli, yuqori bilimga chanqoq bo‘lgan yoshlar saralab olindi. Gʻolib bo‘lgan o‘quvchilarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi,–deydi mas’ullar.

Eng quvonarlisi shudaki, ushbu olimpiadani “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘tkazilayotgani yoshlarda tarix va bugungi kun ruhiyatini his qilish, ota-bobolarimizning ona vatan uchun qilgan fidoiyliklari va insonparvarligidan ibrat olgan holda vatanparvar hamda komil insonlar bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyaga egadir.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing