Xorijiy hamkorlik aloqalari: do‘stlik va hamjihatlik istiqbollari
Xorijiy hamkorlik aloqalari: do‘stlik va hamjihatlik istiqbollari
Xorijiy hamkorlik aloqalari: do‘stlik va hamjihatlik istiqbollari
Yurtimizda mehmon bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri  Van Syansi boshchiligidagi delegatsiya Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

        Tashrif chog‘ida majmua hamda uninig tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi  faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekiston xalqining tinchlik yo‘lida  olib borgan mardonovor kurashi, ularning yuksak insoniy fazilatlari hamda qahramonliklari xaqida so‘zlayotgan eksponat va ekspozisiyalarga yuqori baho berib, – Ushbu maskan yosh avlodga mard va jasur ajdodlari xaqida hikoya qilibgina qolmay, ular qalbida vatan muqaddas va aziz ekanini, tinchlikni qadriga yetish va asrab-avaylashda har bir fuqaro mas’ul ekanini anglashda va his qilishda muhim ahamiyatga ega,–deya ta’kidladi. Tashrif chog‘ida Van Syansi ushbu majmuadan  olgan taasurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirdi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing