“Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” aniqlandi
“Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” aniqlandi
“Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” aniqlandi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tasarrufidagi “Shon-sharaf davlat muzeyi”da Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

        Unda barcha okrug va qo‘mondonlik tarkibidagi harbiy qism boshlang‘ich tashkilot yetakchilari 3 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashdilar.
        Har bir shartda Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalaridagi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari o‘z faoliyatini aks ettirgan holda, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish hamda kelgusida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida tatbiq etishga doir amalga oshirgan ishlari va takliflari, shu bilan birga, hakamlar hay’ati tomonidan berilgan savollarga tezkor va to‘liq javob berish borasida bilimlarini namoyon qildi.
        Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rin Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchisi, katta leytenant Rufat Tashanov, 2-o‘rin Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchisi, kapitan Kamolxon Xojixonov, 1-o‘rin esa Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchisi, kapitan Qodirjon Imomovga nasib etdi. Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing