“Halollik vaksinasi”ni singdirish bo‘yicha ko‘nikmalar berildi
“Halollik vaksinasi”ni singdirish bo‘yicha ko‘nikmalar berildi
“Halollik vaksinasi”ni singdirish bo‘yicha ko‘nikmalar berildi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda huquqiy asoslar takomillashtirilib, yurtimizda korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

        Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari keng joriy etilib, ularning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash va jamoatchilik oldida xisobdorlikni oshirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rilmoqda. O‘z navbatida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “Halollik vaksinasi”ni singdirish,  korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish tizimini zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
        “Gʻalab bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda majmua rahbariyati hamda mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga mavzu yuzasidan tushuntirish va ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish, o‘z mansab yoki harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda beg‘arazlik, xolisona va vijdonan yondashish bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berildi.
        Tadbir davomida majmua hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchilar,Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilari 2024 hamda 2026-yillar  uchun tuzilgan jamoa shartnomasi bilan ham yaqindan tanishtirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing