Janubiy Koreyalik mehmonlar taassuroti
Janubiy Koreyalik mehmonlar taassuroti
Janubiy Koreyalik mehmonlar taassuroti
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi bugungi kunda nafaqat yurtdoshlarimiz, balki, xorijiy davlatlardan yurtimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning ham sevimli maskaniga aylanib bormoqda

        Jumladan, kuni kecha Janubiy Koreyaning Aviasozlik sanoati bosh direktori Kong Gu Yong hamrohligida kelgan delegatsiya a’zolari ham ushbu maskanning nechog‘lik ahamiyatli qadamjolardan ekanini ta’kidlab, Vatan tinchligini asrash yo‘lida O‘zbekiston xalqining  ko‘rsatgan  qahramonliklari bilan bog‘liq  ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

        – Biz O‘zbekiston  yoshlarining o‘z vatani va xalqini himoya qilish yo‘lidagi fidoiyliklarini  olqishlaymiz,– deydi  Janubiy Koreyaning Aviasozlik sanoati bosh direktori Kong Gu Yong.

        Darhaqiqat, so‘nggi yillarda mamlakatimizda tarixni chuqurroq anglagan holda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida komil va yurtga sodiq vorislar qilib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, o‘tmishda jonajon vatanimiz tinchligini dushmandan himoya qilish yo‘lida  jasorat ko‘rsatgan mard va jasur ota-bobolarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning naqadar fidoiy va xalqparvar ekanliklarini yosh avlod ongiga singdirib, o‘rnak va namuna sifatida ko‘rsatishda eng muhim omillardan biri ekanini ko‘rsatadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing