Korrupsiya – rivojlanish kushandasi
Korrupsiya – rivojlanish kushandasi
Korrupsiya – rivojlanish kushandasi
Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi. Davlatning konstitutsiyaviy asoslari va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. “Korrupsiya – bu g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilishi mumkin. Shu bilan birga, nafaqat jinoyatchilikni keltirib chiqaradi, balki, huquqbuzarlik va ma’naviy buzilish holatini o‘zida namoyon etib, fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari mohiyatini tubdan o‘zgartiruvchi, jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

So‘nggi yillarda yurtimizda fuqarolarimizni bu kabi holatlarga aralashib qolmasliklari, shuningdek, bu illatlarni bartaraf etish chora-tadbirlari bo‘yicha qator  islohotlar amalga oshirilmoqda. Korrupsion holatlar barcha davrlarda, turli darajada mavjud bo‘lgan. Unga qarshi kurashishda esa, uning qay darajada rivojlanganligiga alohida e’tibor qaratilgan va shunga mos tarzda kurashilgan. Prezidentimizning 2023 yil 27 noyabrda “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Shunday ekan, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, barcha fuqarolarimiz ham mas’uldirlar.

Joriy yilning 26-yanvar kuni “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda Toshkent harbiy prokuraturasi hamkorligida “Jinoyatning sabablarini  va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. So‘z olganlar bu kabi illatlar nafaqat sohalar rivojiga putur yetkazishi, balki davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro nomutanosibliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi xaqida fikr va mulohazalar bildirishdi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan bu kabi jinoyatlarga aralashmaslik va sodir etilgan holatlardan xabardor bo‘lgan taqdirda tegishli organ tashkilotlariga xabar berishliklari, shuningdek, bu kabi xuquqbuzarliklarning oqibatlari xaqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing