Fidoiy insonlar munosib qadr topadi
Fidoiy insonlar munosib qadr topadi
Fidoiy insonlar munosib qadr topadi
“Gʻalab bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida o‘z kasbining haqiqiy jonkuyari bo‘lgan, qariyb 24 yillik umrini harbiy orkestrlar rivojiga bahshida etgan Mudofaa vazirligi harbiy orkestrlar xizmati boshlig‘i, bosh harbiy dirijyori podpolkovnik Saidjanov Baxtiyor Irkinovichning iste'foga chiqishi munosabati bilan kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

        Baxtiyor Irkinovich faoliyati mobaynida 30 dan ortiq harbiy orkestrlar uchun aranjirovka va instrumentovkalarni yaratdi. Yurtimizning davlat va jamoatchilik tadbirlari u yaratgan vatanni madh etuvchi kuylar bilan yanada fayzli o‘tdi. 
        Kuzatuv marosimida Baxtiyor Irkinovichga Mudofaa vazirining  I darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko'krak nishoni taqdim etildi. Shuningdek, esdalik sifatida qimmatbaho sovgalar topshirildi. Ta’kidlash kerak-ki, o‘zining mashaqqatli xizmati mobaynida Baxiyor Irkinovich ko‘pgina xalqaro harbiy orkestrlar festivalida eng yaxshi harbiy orkestr deb tan olinib, 3 marotaba gran-prini qo'lga kiritgan. Xizmati mobaynida qator medallar bilan taqdirlangan. Ko‘tariki ruhda tashkil etilgan tadbirda Baxtiyor Irkinovichning safdosh do‘stlari va shogirdlari  samimiy va iliq tilaklarni izhor etishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing