Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarining mavqeini oshirishga  qaratilgan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarining mavqeini oshirishga  qaratilgan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarining mavqeini oshirishga  qaratilgan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi  qo‘shinlarida mexnat faoliyatini olib borayotgan Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarining mavqeini oshirish, kelgusida milliy armiyamiz saflarida axloqiy va madaniy muhitni yanada yuqori saviyada ko‘rsatishga qaratilgan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

        Unda Qurolli kuchlar  ishchi va xizmatchilarining  liboslari, yurish madaniyatini tartibga solish, Shuningdek, muomala madaniyati, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, begona yod g‘oyalar tasiriga tushib qolmaslik bo‘yicha yetarlicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada mustahkamlash va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish borasida ham atroflicha ma’lumotlar berildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlirini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing