8 – dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosib nishonlandi
8 – dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosib nishonlandi
8 – dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosib nishonlandi
8 – dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan  Mudofaa vazirligi tasarrufidagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida  tantanali bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

        Unda majmua hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyida faoliyat yuritayotgan Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilari, ofiserlar, tadqiqotchilar hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining oila a’zolari ishtirok etdi. Tantanali bayram dasturi O‘zbekiston  Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. 
        Ta’kidlash joizki, Konstitutsiya  — bu davlatning asosiy qonunidir. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimi, Fuqarolarning xuquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.  Barchamizga ma’lumki, 2023 yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida xalqimiz o‘zining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasini qabul qildi.  
        Bayram tadbirida o‘z xizmat vazifasini sidqidildan, vijdonan bajarib kelayotgan Qurolli Kuchlar ishchi – xizmatchilarining bir guruhiga Mudofaa vazirining “Esdalik nishoni”, Taxtaga o‘rnatilgan “Esdalik nishoni” hamda “Namunali xizmatlari uchun”   ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, tadbirda “Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida ko‘rsatgan beqiyos jasorati” hamda  “O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida” nomli to‘rtinchi  kitob albomini chop etishda faol ishtirok etgan mualliflarga ushbu kitoblar taqdim etildi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbirida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing