“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi xorijlik mehmonlar nigohida
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi xorijlik mehmonlar nigohida
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi xorijlik mehmonlar nigohida
Rossiya Mudofaa vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi xodimlaridan iborat delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

        Tarix va bugunni bog‘lab turuvchi, shuningdek, vatanimiz fidoiylarining tinchlikni asrashdek  sharafli vazifani ado etishda hatto o‘z shirin jonidan kechib,zahmatkash xalqi, qolaversa millatlar va xalqlar ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan oliyjanobligi va matonatidan hikoya qiluvchi noyob eksponatlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 
        –O‘zbekiston xalqi azal-azaldan mehridaryo va sahovatli ekanini e’tirof etgan delegatsiya a’zolari majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyidan o‘rin olgan ota-bobolarimizga taaluqli bo‘lgan shaxsiy buyumlar, ularning jasoratidan hikoya qiluvchi ekspozisiyalar xaqida mutaxassislardan batafsil ma’lumotlar olishdi. Uchrashuv so‘ngida mehmonlar esdalik uchun suratga tushishdi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing