Belarus harbiy delegatsiyasi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘ldi
Belarus harbiy delegatsiyasi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘ldi
Belarus harbiy delegatsiyasi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘ldi
Belarus Respublikasi Mudofaa vazirining moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Andrey Burdiko boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi.

        Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat harbiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi. Tashrif chog‘ida mehmonlar poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ham bo‘lishdi. Tarix va bugunni bog‘lab turuvchi ushbu maskan faoliyatiga yuqori baho bergan mehmonlar olgan taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing