Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari Bosh shtab boshliqlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga tashrif  buyurdi

Yurtimizda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

        Kuni kecha poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida oʻtkazilgan Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari Bosh shtab boshliqlarining konferensiyasi  shular jumlasidandir. Unda Amerika Qoʻshma Shtatlari, Pokiston Islom Respublikasi, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiz va Tojikiston Respublikalari Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirok etdi. 
        Tadbir avvalida harbiy delegatsiya rahbarlarining “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga birgalikda  gulchambar qoʻyishdi hamda “Shon-sharaf”  davlat muzeyi faoliyati va ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing