Jumladan, poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi shu kabi tadbirlarni o‘tkazishda muhim maskanlardan biriga aylandi. Joriy yilning 25-sentyabr kuni “VETERAN” birlashmasi tomonidan vatanparvarlik tadbiri keng nishonlandi. Tadbirda “VETERAN” faxriylar birlashmasi a’zolari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Tadbir avvalida ishtirokchilar majmua hududida qad rostlagan “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi.Uchrashuvda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli barcha sohalarda erishilgan yutuqlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hususida fikr almashildi.