“Gʻalaba bog‘i” da vatanparvarlik tadbiri yuksak saviyada o‘tkazildi
“Gʻalaba bog‘i” da vatanparvarlik tadbiri yuksak saviyada o‘tkazildi
“Gʻalaba bog‘i” da vatanparvarlik tadbiri yuksak saviyada o‘tkazildi
Bugun poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Toshkent shahrining umumta’lim maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolariga “Vatan tayanchi” emblemasi hamda guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

        Unda Mudofaa vazirligi faxriylari, mas’ul ofiserlari hamda  yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti mas’ul xodimlari “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish bo‘yicha tajribasi va taklif-tashabbuslari bilan ishtirok etdi.
        Jumladan, “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv va sport texnikalari, Tashkilotning sport seksiyalariga a’zo bo‘lgan yoshlar tomonidan yasalgan raketamodel va aviamodel namunalari hamda o‘q otish sport turida qo‘llaniladigan pnevmatik miltiqlar va to‘pponchalarning namoyish etilishi tadbirga tashrif buyurgan yoshlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
        Tantanali tadbirda desantchilar tomonidan bajarilgan qo‘l jangi bilan bog‘liq turli hil sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing