Kadrlar organlari ofiserlari ishtirokida uslubiy yig‘in o‘tkazilmoqda
Kadrlar organlari ofiserlari ishtirokida uslubiy yig‘in o‘tkazilmoqda
Kadrlar organlari ofiserlari ishtirokida uslubiy yig‘in o‘tkazilmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan kadrlar organlari ofiserlari ishtirokida uslubiy yig‘in o‘tkazildi.

        ”Yangi hayot uchun-Yangi O‘zbekiston uchun”, “Xalq va armiya-bir tanu bir jon” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu yig‘in davomida “Eng ilg‘or kadr” organilovi ham o‘tkazilmoqda. 
        Bir necha kun davom etishi ko‘zda tutilgan uslubiy yig‘in davomida kadrlar organlarida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning yechimi bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi.

        Shuningdek, o‘zbekiston Respubliksai Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar atroflicha o‘rganilib, Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlarida kadr organlarining jangovar shayligini oshirish, Harbiy qismda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish va ularning ariza, taklif, shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibiga alohida e'tibor qaratildi. Yuksak saviyada tashkil etilgan uslubiy yig‘inning birinchi kuni yakunida yurt himoyachilarining madaniy hamda ma’naviy salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida poytaxtimizdagi  “Muqimiy” nomidagi drama teatriga sayohat uyushtirildi. Ushbu uslubiy yig‘in davom etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing