Yurt himoyachilari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi
Yurt himoyachilari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi
Yurt himoyachilari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi
Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlar shaxsiy takribi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat qilishdi. Tarix va bugunni bog‘lab turuvchi mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tayotgan ushbu majmua  yurt himoyachilarida katta taassurot qoldirdi.

        – Ushbu sayohat harbiy xizmatchilarga nafaqat ajdodlarimizning bosib o‘tgan mashaqqatli hayot yo‘li balki, vatan naqadar aziz va muqaddas ekanligi hamda o‘z kasbidan faxrlanish kabi yuksak tuyg‘ularning yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi,–deydi kapitan Ahrorjon Safaraliyev.

        Unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan sayohat mobaynida harbiy xizmatchilar  Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini o‘zida namoyon etgan nodir materiallar va noyob eksponatlarni ko‘zdan kechirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing