Yoshlar uchun barcha qulayliklar yaratildi
Yoshlar uchun barcha qulayliklar yaratildi
Yoshlar uchun barcha qulayliklar yaratildi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San'atshunoslik va muzeyshunoslik fakultetida “Birinchi bosqich maktabi” tadbirlari doirasida  “Muzeyshunoslik” kafedrasi oʻqituvchilari  hamda1-bosqich talabalari  “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat qilishdi. 

        “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” muzeyi ekspozitsiyalari namoyishga qo‘yilgan Ikkinchi jahon urushi davri tarixiga oid 2020-2023 yillarda to‘plangan muzey ashyolari hozirgi kunda 13 mingdan ortiqni tashkil etilganligi, ilmiy xodimlar tomonidan hozirda ularni ilmiy o‘rganish, o‘rnatilgan tartibda fondlarga ajratish, skanerlash, raqamli bazasini yaratish, bosqichma-bosqich ekspozisiyaga namoyishga qo‘yish kabi murakkab vazifalar amalga oshirilayotganligi haqida ham ma'lumot berib o‘tildi. Talabalar mazkur muzeyda tashrif buyuruvchilar uchun tashkil etilgan zamonaviy interaktiv usullar yordamida eksponat yoki ekspozisiya haqida qo‘shimcha ma'lumot olishlari uchun mobil audiogid qurilmalaridan unumli foydalanib, ular  tarixiy xronikalardan iborat videolavhalardagi ma'lumotlar bilan chuqur tanishdilar. Ekskursiya jarayonida Talabalarda tanlagan yo’nalishlari hamda muzeylarga bo’lgan qiziqishlari yanada otdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing